Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:47

Vive Charlie Gulchehra Boboqulovaga karikatura e’lon qildi


Britaniyaning Vive Charlie jurnali muqovasida Moskvada o‘zi enagalik qilgan 4 yoshli qizni o‘ldirib, boshini olgan 38 yoshli o‘zbekistonlik Gulchehra Boboqulovaga karikatura e’lon qildi.

Karikaturada qora kiyimdagi ayol qizning qon tomchilayotgan kallasini ushlab turgani aks etgan. Surat ostiga esa “Jihodchi enaga. Yuvosh bo‘lmasang o‘zingdan ko‘r”, deb yozilgan.

Karikatura muallifi LifeNews telekanaliga bergan intervyusida shu yo‘l bilan odamlarning e’tiborini Moskvadagi fojiaga qaratmoqchi bo‘lganini, maqsadi qotillik qurboni va uning yaqinlarini masxaralash bo‘lmaganini bildirdi.

Rossiya dumasining bir qator deputatlari va rus siyosatchilari mazkur karikaturani “ma’naviy buzuqlik” va “nafrat gulxaniga moy quyish” sifatida baholamoqda.

38 yoshli Gulchehra Boboqulova 29 fevralda Moskvadagi “Oktyabrskoe pole” metro bekati oldida o‘zi enagalik qilgan qizni o‘ldirib, uning boshini ko‘tarib yurgan paytda qo‘lga olingan edi.

Vive Charlie onlayn jurnali Britaniyada 2015 yilning yanvaridan chiqa boshlagan. Mazkur jurnal Fransiyada nashr etiladigan mashhur Charlie Hebdo jurnaliga aloqador emas.

XS
SM
MD
LG