Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:51

Kollej bitiruvchilari uchun yarim million yangi ish o‘rni yaratishmoqchi


O‘zbekistonda joriy yilda yangidan tashkil qilinadigan bir millionga yaqin ish o‘rnining yarmi kollej va litsey bitiruvchilariga mo‘ljallangan.

CA-NEWS ma’lumotiga ko‘ra, yangi ish o‘rinlarining 60 foizi qishloq hududlarida tashkil qilinadi.

Yangi ish joylari asosan, Samarqand, Farg‘ona, Qashqadaryo, Andijon, Buxoro va Toshkent viloyatlarida tashkil etilishi rejalangan.

Mamlakatda ishga yaroqli aholining 0,8 foizigina ishsiz ekanini da’vo qiladigan rasmiy Toshkent, so‘nggi o‘n yil davomida har yili qariyb bir milliondan ish o‘rni yaratilayotganini ta’kidlab kelayapti.

Vazirlar mahkamasi qaroriga ko‘ra, jumladan, o‘tgan yili 987 ming 500ta, 2014 yil esa 983,6 ming yangi ish o‘rni yaratilgan.

Lekin ayni paytda mamlakat tashqarisida 5 milliondan 8 milliongacha o‘zbek mardikori borligi aytiladi.

XS
SM
MD
LG