Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 20:11

YeI Turkiyaning muhojirlar bo‘hroni bo‘yicha taklifini ko‘rib chiqish uchun vaqt so‘ramoqda


Anqara Yevropaga muhojir oqimini to‘xtatish uchun Turkiyani tezroq Yevropa Ittifoqiga a’zolikka qabul qilish va turkiyaliklar uchun viza tartibini tezroq bekor qilish taklifi bilan chiqdi. Biroq 7 mart kuni Bryusselda Turkiya bosh vaziri Ahmet Dovuto‘g‘li bilan uchrashgan YeI rasmiylari bu rejani ko‘rib chiqish uchun ko‘proq vaqt talab etilishini bildirdilar.

Turkiya Suriyadan kelayotgan qochqinlarga yordam berish uchun o‘tgan yil noyabrida Yevropa Ittifoqidan 3 milliard yevro so‘ragandi. Yevropalik diplomatlarga ko‘ra, endilikda Turkiyani bu talabning o‘zi qoniqtirmayapti.

Dovuto‘g‘li Turkiyaning migratsion taklif doirasidagi maqsadi Yevropaga qochqinlar oqimini to‘xtatish va odam savdosiga qarshi kurashish ekanini aytgan. Shuningdek, u Egey dengizi orqali Gretsiyadan Turkiyaga o‘tishga urinayotgan qochqinlar oqimining oldini olish uchun Anqara NATO yordamiga muhtojligini qayd etgan.

NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg dushanba kuni Dovuto‘g‘li bilan muzokaralardan keyin NATO kemalari Egey dengizidagi odam savdogarlari faoliyatiga to‘sqinlik qilish uchun Gretsiya va Turkiya suvlarini nazorat qila boshlashini bildirgan.

XS
SM
MD
LG