Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:41

O‘zbekiston va Fransiya poezd dvigatellari ishlab chiqaruvchi zavod quradi


"O‘zbekiston temir yo‘llari" va Fransiyaning Alstom shirkati hamkorlikda O‘zbekistonda elektr asinxron dvigatellar ishlab chiqaruvchi korxona tashkil etadi. Xabarlarga qaraganda dvigatelь korxonasiga 3,5 mln dollar sarmoya yotqiziladi.

Elektr va dizel lokomotivlari hamda shahar atrofida harakatlanuvchi poezdlar uchun dvigatellar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona yiliga 200 ming dona dvigatel ishlab chiqarishi rejalashtirilmoqda.

Xabarda aytilishicha, dvigatellarda MDH davlatlari bozorida hali taqdim qilinmagan texnologiyadan foydalaniladi.

Fransiyaning Alstom mashinasozlik kompaniyasi energetik qurilmalar va temir yo‘l transporti ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi.

XS
SM
MD
LG