Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:55

AQSh IShIDning "harbiy vaziri" bo‘lgan Umar chechen o‘ldirilganini bildirdi


Pentagon rasmiylari o‘tgan haftada Suriyadagi terrorchilar qarorgohlariga beirlgan havo zarbalari oqibatida IShIDning Umar Al Shishoniy nomi bilan tanilgan qo‘mondoni o‘ldirilganini bildirdi. Rasmiylarga ko‘ra, 4 mart kuni berilgan havo zarbasi paytida 12 janggari ham halok bo‘lgan.

Pentagon matbuot kotibi Piter Kuk Suriyaning Al Shaddadeh shahri yaqinidagi terrorchilar manzillari bombardimon qilinganini aytdi. Unga ko‘ra, o‘ldirilgan IShID qo‘mondonining asl ismi Tarxan Batirashvili bo‘lgan. U nufuzli qo‘mondon bo‘lib, jumladan, IShIDning “harbiy vaziri” ham bo‘lgan. Tarxan Batirashvili “Umar chechen” laqabi bilan tanilgan.

Shishoniy IShIDning Suriyadagi eng vahshiy janggarilaridan biri edi. U bilan bir qatorda terror tashkiloti saflarida yuzlab chechenlar jang qilmoqda. Shishoniy Gruziyaning Pankis vodiysida tug‘ilib o‘sgan etnik chechendir.

XS
SM
MD
LG