Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 18:55

Hindistonda vizasiz yurgani uchun tutilgan o‘zbek ayolining hibsxonada ko‘zi yoridi


Vizasi bo‘lmagani uchun Hindistonda qo‘lga olingan o‘zbekistonlik Barno Jo‘raeva hibsxonada farzand ko‘rdi. Bu haqda Press Trust of India agentligi xabar qiladi.

35 yoshli ayol 2015 yil 9 dekabrida Hindistonning Jadhedi shahrida mamlakatga vizasiz kirgani uchun hibs etilgandi.

5 mart kuni Jo‘raeva qornidagi sanchiqdan shikoyat qilganidan so‘ng kasalxonaga yetkazilgan va ertasi kuni ko‘zi yorigan. Qo‘lga olingan paytda uning qornida olti oylik homilasi bo‘lgan.

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, Barno Jo‘raeva Hindistonga Nepaldan piyoda kelgan va 6 dekabr kuni viza olishda ko‘maklashishga va’da qilgan odam bilan uchrashish uchun Bxopalda bo‘lgan.

Hozirda o‘zbekistonlik ayol o‘z ishi yuzasidan sud hukmini kutmoqda.

XS
SM
MD
LG