Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:45

YeI rossiyalik fuqarolar va shirkatlarga qarshi sanksiyalar muddatini uzaytirdi


Yevropa Ittifoqi mulozimlari Qrim anneksiyasi bilan bog‘liq ravishda Rossiyaning 146 nafar fuqarosi va 37 ta tashkilotiga nisbatan joriy etilgan sanksiyalar muddatini uzaytirdi.

Olti oyga uzaytirilgan sanksiyalar “qora ro‘yxat”dagi shirkatlar va shaxslarga viza bermaslik va mablag‘larni muzlatish kabi jazo choralarini ko‘zda tutadi.

Sanksiyalar ro‘yxatiga Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Rogozin, Rossiya prezidentining maslahatchisi Sergey Glazyev va Kremlning asosiy tashviqotchisi hisoblanmish Dmitriy Kiselevlar ham kiritilgan.

Mazkur ro‘yxatdan so‘nggi paytda olamdan o‘tgan rossiyalik uch mansabdorning nomi olib tashlangan. YeI mulozimlarining bu qarori joriy hafta oxiridan kuchga kiradi.

XS
SM
MD
LG