Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 22:30

Ukraina prezidenti Savchenkoni ayirboshlashga tayyorligini bildirdi


9 mart kuni Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdo‘g‘on bilan o‘tkazilgan qo‘shma matbuot anjumanida Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Nadejda Savchenkoni vatanga qaytarish uchun uni ayirboshlashga tayyorligini bildirdi.

- Ukrain uchuvchisi¸ ukrain ofitseri Nadejda Savchenko istalgan Ukraina fuqarosi qilishi lozim bo‘lgan ishni qildi – o‘z vatani tuprog‘ini himoya qildi¸ Ukraina hududi bo‘lgan Donbassdan noqonuniy o‘g‘irlandi¸ zo‘ravonlik bilan Rossiya hududiga olib ketilib¸ endilikda mutlaqo aloqasi bo‘lmagan jinoyatlarda ayblanmoqda¸ dedi Poroshenko.

9 mart kuni Rostov viloyati Donetsk shahar sudida Nadejda Savchenko so‘nggi chiqish qildi. Mahkama hukmining 21-22 mart kuni e’lon qilinishi kutilmoqda. Qotillikka aloqadorlikda ayblanayotgan Savchenko 23 yilga ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

Bir haftadan beri noroziligini ifodalash uchun quruq ochlik qilayotgan Savchenko¸ advokatining bugun bildirishicha¸ suyuqlik ichishni boshlagan.

XS
SM
MD
LG