Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:56

Razvedka xizmatlari 22 ming ishidchiga oid ma’lumotni o‘rganmoqda


IShID ichki xavfsizlik rahbari kompyuteridan o‘g‘irlangan hujjatlardan biri nusxasi.
IShID ichki xavfsizlik rahbari kompyuteridan o‘g‘irlangan hujjatlardan biri nusxasi.

Britaniyadagi Sky News telekanali ixtiëriga Islomiy davlat jangarilaridan 22 ming nafariga oid maxfiy ma’lumotlar kelib tushdi.

IShID safidan qochgan norozi jihodchilardan biri tomonidan taqdim etilgan hujjatlardan 22 ming odamning ism-sharifi¸ yashab kelgan manzillari¸ telefon raqamlari va oila-a’zolariga oid ma’lumotlar joy olgan.

Aytilishicha¸ IShID ichki xavfsizlik xizmati rahbari tomonidan kompyuterda to‘plangan bu maxfiy ma’lumotlar o‘zini Abu Hamid deb tanishtirgan jangari tomonidan o‘g‘irlangan va flesh xotirada Sky News muxbiriga taqdim etilgan.

51 davlat fuqarolariga oid bu ma’lumotlar hozirda Britaniya xavfsizlik kuchlariga taqdim etilgan. Hozircha Britaniya rasmiylari bu ma’lumotlarga munosabat bildirmadi.

Sky News tomonidan ko‘rsatilgan hujjat nusxalarida IShID safiga yollanmoqchi bo‘lganlar to‘ldirishi shart bo‘lgan so‘rovnoma joy olgan. Bu savollar orasida qon guruhi¸ onasining ismi¸ shariatdan xabardorlik darajasi¸ jangarini IShIDga qao‘shilishga kim tavsiya qilgani va qurolli kurash tajribasiga oid savollar bor.

Razvedka xizmatlari uchun “oltin koni” deb baholanayotgan ushbu hujjatlarni taqdim qilgan Ozod Suriya armiyasidan IShIDga o‘tgan sobiq jangari¸ “Islomiy davlat”ning islomga aloqasi yo‘qligi¸ uning to‘lig‘icha Iroqdagi sobiq Baas partiyasi vakillari qo‘liga o‘tganini bildirgan.

U shuningdek¸ kuchayib borayotgan havo hujumlaridan so‘ngIShID boshqaruvchilari Raqqani tark etib¸ Iroq cho‘llariga ko‘chayotganini ham ma’lum qilgan.

22 ming ishidchi orasida O‘zbekiston fuqarolarining ham borligi taxmin etilmoqda. Britaniya maxsus xizmatlari bu ma’lumotlarni 51 davlatdagi hamkasblari bilan o‘rtoqlashadimi-yo‘qmi¸ bunisi hozircha noma’lum.

IShID jangarilari orasidagi o‘zbekistonliklar sonining 500 dan 3000 nafarga qadar bo‘lishi taxmin etiladi.

Ular aksariyatining Rossiyadagi mehnat muhojirati davrida ijtimoiy tarmoqlar orqali ishidchilar safiga yollangani aytiladi.

XS
SM
MD
LG