Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:04

O‘zbekistonda bolalarga chiqarilgan mahsulotlarda qurolni tasvirlash taqiqlanadi


O‘zbekistonda reklama to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritilishi kutilmoqda.

“Reklama to‘g‘risi”dagi qonunga kiritilishi kutilayotgan o‘zgartishlarda aytilishicha, reklama materiallarida erotik sahnalardan foydalanish taqiqlanadi, bundan tashqari Internetda qimor o‘yinlari dastur ta’minotlarini reklama qilinishiga ham taqiq qo‘yiladi.

Qonun loyihasida balog‘atga yetmagan bolalar uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarda haqiqiy yoki o‘yinchoq qurollarni tasvirlash mumkin emasligi ham aytilgan. Bundan tashqari reklama balog‘atga yetmagan bolalarni reklama qilinayotgan mahsulotni sotib olishga chaqirmasligi lozim.

Energetik ichimliklar reklamasida esa bu ichimliklarni belgilangan me’yordan ko‘p ichilishi sog‘liq uchun zarar ekani aytilishi lozim.

XS
SM
MD
LG