Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:47

YeI Rossiyaga nisbatan sanksiyalar muddatini uzaytirdi


Yevropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan joriy etilgan sanktsiyalar muddatini uzaytirdi. Mazkur qaror joriy hafta yakunidan boshlab kuchga kiradi.

Yevropa Ittifoqi sanksiyalari Rossiyaning 147 fuqarosi va 37 shirkatiga taaluqlidir. Sanksiya joriy etilgan shaxslar va shirkatlarning banklardagi hisoblari muzlatilgan hamda ularga Yevropaga kirishga viza berish taqiqlangan.

Sanksiya “qora ro‘yxati”ga kiritilganlar orasida Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Dmitriy Rogozin, prezident Putinning maslahatchisi Sergey Glazyev va Kreml mafkurasining asosiy targ‘ibotchsisi hisoblangan Dmitriy Kiselevlar ham bor.

Yevropa Ittifoqi Moskva 2014 yilda Ukraina hududi hisoblangan Qrim muxtoriyatini annektsiya qilganidan so‘ng Rossiyaga nisbatan sanksiyalar joriy etgan edi.

XS
SM
MD
LG