Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:17

Vashington Putinning yaqin safdoshi Lesin nimadan o‘lganini aniqladi


Vashington rasmiylari Rossiyaning sobiq matbuot vaziri, prezident Putinning yaqin safdoshi bo‘lgan Mixail Lesin “boshiga to‘mtoq narsa bilan berilgan zarbadan” halok bo‘lganini bildirdi. Lesinning jasadi Vashingtonda o‘tgan yilning noyabrida topilgan edi.

Vashington bayonotida aytilishicha, Lesin jasadi tekshirilganida, uning bo‘yni, badani, oyoq va qo‘llarida qattiq kaltaklanish belgilari topilgan. Bayonotda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha tekshiruvlar davom etayotgani xabar qilingan.

Lesin AQShning Federal tergov byurosiga ko‘mak ko‘rsatishga tayyor ekanini e’lon qilganidan so‘ng, o‘tgan yilning 5 noyabrida Vashingtondagi Dupont mehmonxonasida o‘ldirib ketilgan edi.

XS
SM
MD
LG