Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 23:24

30 ming so‘mlik qotillik, sertifikat uchun pora, otini boshqa qo‘yishni istamagan kelin


Toshkentda 30 ming so‘m evaziga qotillik sodir etildi. Aktrisa Shahzoda Matchonova ochiq-cochiq surati tufayli muxlislardan baloga qoldi. Buxoroda sanepidemstansiya mudiri pora bilan ushlandi. Joriy hafta matbuot shu kabi voqealar haqida yozdi.

Xorazmda noqonuniy yurgan 3 nafar chet ellik mamlakatdan chiqarib yuborildi

Xorazmda o‘tkazilayotgan “Tozalash-Antiterror” tadbiri davomida uch nafar chet el fuqarosi viloyat hududida noqonuniy bo‘lgani aniqlandi va O‘zbekistonda yashash va tranzit qoidalarini qo‘pol ravishda buzgani uchun mamlakat hududidan chiqarib yuborildi (“Postda”, 6 mart). Bundan tashqari, tadbir davomida 2000 dan ortiq ma’muriy huquqbuzarlik aniqlanib, o‘ndan ortiq jinoyat qisqa fursatda fosh qilingan. Jinoyat sodir etib tergov idoralaridan qochib yurgan to‘rt nafar shaxs qo‘lga olingan.

Jizzaxda gaz idorasi mansabdori 225 so‘mlik gazni aholiga 5 ming so‘mdan pullagan

Jizzax viloyati “Do‘stliktumangaz” filiali ombor mudiri Adham Mamatov suyultirilgan gaz “operatsiyasi” orqali kattagina mablag‘ni talon-taroj qilgan (“Huquq”, 10 mart). Moliya vazirligi tasdiqlagan tarifga ko‘ra, suyultirilgan gazning kilogrammi aholiga 2012-2014 yillarda 225 so‘mdan, 2014 yildan 310 so‘mdan sotilishi lozim edi. Ammo gaz idorasi mansabdori Mamatov fuqarolarni aldab, belgilangan narxning ustiga har bir gaz balloni uchun 2 mingdan 5 ming so‘mgacha noqonuniy pul yig‘ib olgan. Suyultirilgan gaz savdosidan tushgan mablag‘ 140 millionga yaqin ekani va sudlanuvchiga qonunda belgilangan chora ko‘rilgani xabar qilingan.

Toshkentda 30 ming so‘m evaziga qotillik sodir etildi

Toshkent shahri Uchtepa tumanida “Nokia-6233” telefoni tufayli qotillik jinoyati sodir etildi (“Huquq olamida”, 10 mart). Uchtepa tumani IIB tergovchisi Anvar Ibotovning ma’lum qilishicha, 1992-1993 yillarda tug‘ilgan Doniyor Shorahimov va To‘lqin To‘raev Chilonzor 24-mavzesi hududida kechqurun ikki nafar mast erkakni kaltaklab, ulardan biriga tegishli “Nokia-6233” telefonini olib qochgan. Talonchilikka qo‘l urgan yigitlar telefonni pullab, 30 ming so‘mdan bo‘lishib olishga kelishgan. Kaltaklangan erkaklardan biri shifoxonada o‘ziga kelmay vafot etgan. “Ota-onalar tomonidan to‘g‘ri tarbiyalanmagan yigitchalar endi qilmishlari uchun panjara ortida javob berishga majburlar”, deb yozadi Uchtepa tumani IIB tergovchisi.

Ijtimoiy tarmoqqa ochiq-sochiq suratini joylagan aktrisa Shahzoda Matchonova muxlislardan baloga qoldi

Aktrisa Shahzoda Matchonova ijtimoiy tarmoqqa juda kalta ko‘ylakda tushgan suratini joyladiyu muxlislaridan baloga qoldi (“Darakchi”, 10 mart). Qayd etilishicha, aktrisa avval ochiq-cochiq kiyimda ko‘rinmagan. “Muxlislarining “Rollaringizdagi xokisorlik hayotingizdagi yurish-turishingizga sira to‘g‘ri kelmas ekan” degan e’tirozlari aktrisa tomonidan javobsiz qoldirildi”, deb yozadi gazeta. Shou biznes nashriga ko‘ra, ochiq kiyingani uchun ko‘p bora tanqid qilingan xonanda Nilufar Usmonova yana o‘tgan hafta internetga arabcha raqs tushayotgan videosini joylagan.

Buxoroda sanepidemstansiya mudiri pora bilan ushlandi

Buxoro viloyati davlat sanitariya va epidemiologiya markazi sertifikat berish bo‘limi mudiri Hoji Safarov pora bilan ushlandi. “Huquq” gazetasi xabariga ko‘ra, voqea 2015 yil mart oyida ro‘y bergan. Navoiy viloyatida davlat ro‘yxatidan o‘tgan “Shamshod-Shahzod-Shahrina” xususiy korxonasi rahbari O‘tkir Qayumov gigienik xulosa sertifikati olish uchun markazga murojaat qilgan. Mudir H.Safarov esa sertifikat evaziga 600 ming so‘m pora talab qilgan. Qayd etilishicha, mudir so‘ralgan pulni olayotgan vaqtda qo‘liga temir halqalar taqilib, unga tegishli jazo berilgan.

Kelinining ismini yoqtirmagan toshkentlik qaynona undan ismini o‘zgartirishni talab qilmoqda

Toshkent shahrida yashovchi O‘rozgul Haydarovadan qaynonasi ismini o‘zgartirishni talab qilmoqda. Buning boisi qaynonaga kelinining ismi yoqmayapti (“Oila davrasida”, 10 mart). Mazkur holatda O‘.Haydarova o‘z ismimni qonunan himoya qilsam bo‘ladimi, deya tahririyatga savol bergan. Shayxontohur tumanida faoliyat yurituvchi notarius Kamola Jo‘raboevaga ko‘ra, Fuqarolik kodeksining 20-moddasiga muvofiq, fuqaroning o‘z ismi bilan yashash huquqiga e’tiroz bildirilsa, manfaati buzilayotgan shaxs bunday xatti-harakatga chek qo‘yishni talab qilishi mumkin. Bu holatda ma’naviy ziyon ham talab etilishi ko‘zda tutilgan.

XS
SM
MD
LG