Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:36

Nensi Reygan Kaliforniyada dafn etildi


94 yoshida vafot etgan AQShning sobiq birinchi xonimi Nensi Reygan Kaliforniya shtatida dafn etildi.

Juma kuni Kaliforniyaning Simi Velli shaharchasidagi Reygan kutbxonasida bo‘lib o‘tgan dafn marosimida AQShning birinchi xonimi Mishel Obama, AQShning 43-prezidenti Jorj Bush, sobiq birinchi xonim Hillari Klintonlar qatnashdi.

AQShning 40-prezidenti Ronald Reyganning rafiqasi Nensi Reygan yakshanba kuni 94 yoshida hayotdan ko‘z yumgandi.

Nensi xonim 1981-1989 yillarda, turmush o‘rtog‘i prezident bo‘lgan davrda Oq uyga bekalik qilgan va AQSh tarixidagi eng qudratli ayollardan biri sifatida ko‘rilgan.

Ronald Reygan og‘ir hastalikdan so‘ng 2004 yilda hayotdan ko‘z yumgandi.

XS
SM
MD
LG