Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 19:59

Tramp noroziliklar sabab Chikagodagi uchrashuvlarini to‘xtatdi


AQSh prezidentligiga respublikachilar partiyasidan nomzod bo‘lish uchun kurash olib borayotgan amerikalik milliarder Donald Tramp Chikagodagi ommmaviy norozilik namoyishlari sabab, ushbu shaharda rejalagan uchrashuvlarini to‘xtatdi.

Kecha Trampning Chikagodagi chiqishi paytida uning tarafdorlari va unga qarshilar o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqdi.

Oqibatda ikki politsiya xodimi yaralandi. Chikagodagi Illinoyz universiteti oldiga yig‘ilganlarni ayrimlari Trampni irqchilikda aybladi.

Trampning asosiy raqibi Ted Kruz zo‘ravonliklarni qoraladi. Kruz ayni paytda Tramp olib borayotgan saylov kampaniyasi odamlarni zo‘ravonlikka undayotgani haqida ham ogohlantirdi.

Bundan avval Missuri shtatining Sent Luis shahrida Trampning saylovoldi chiqishlari noroziliklarga sabab bo‘lgan, 32 odam hibsga olingandi.

XS
SM
MD
LG