Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:39

Afg‘onistondagi qurolli guruh tinchlik muzokaralariga tayyor


Afg‘onistondagi yirik militant guruhlardan biri - "Hizbi Islomiy" - hukumat bilan tinchlik muzokaralarini boshlashga tayyor ekanini e’lon qildi.

Mashhur qo‘mondon Gulbiddin Hikmatyor boshchiligidagi partiya 13 mart kuni bayonot tarqatib, tinchlik muzokaralariga tayyorligini bildirdi.

AQSh Davlat Departamenti Tolibon va Al-Qoidani dastaklagan Hikmatyorni “terrorchi” deb hisoblaydi, ammo Qo‘shma Shtatlar va Afg‘oniston rasmiylari Hizbi Islomiy vakillari bilan oxirgi yillarda bir necha bor uchrashgan.

O‘tgan yili Hikmatyor o‘z tarafdorlarini Tolibonga qarshi jangda “Islomiy davlat” ekstremist guruhini qo‘llab-quvvatlashga chaqirgan edi.

Afg‘onistondagi asosiy militant guruh hisoblangan Tolibon harakati shu oyga belgilangan tinchlik muzokaralarida ishtirok etmasligini ma’lum qilgandi.

XS
SM
MD
LG