Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 12:55

Moskvada uch o‘zbek ikki kilo geroin bilan ushlandi


Moskva shahrining Novaya Moskva okrugida uch nafar O‘zbekiston fuqarosi ikki kilogramm geroin bilan qo‘lga olindi.

CA-NEWS ma’lumotiga ko‘ra, qorovul bo‘lib ishlaydigan ikki o‘zbek yashaydigan uydan 1,5 kilogramm geroin, narkotikni o‘lchash uchun maxsus tarozi va qadoqlashga mo‘ljallangan materiallar topilgan. Narkotikning ma’lum qismi 200ta bo‘lakka bo‘linib qadoqlangan holda bo‘lgan. Uchinchi o‘zbek esa 500 gramm geroin bilan shu yerning o‘zida ushlangan.

Dastlabki tergov jarayonida aniqlanishicha, ushlangan o‘zbeklar geroin oldi-sottisi bilan bir yildan buyon shug‘ullanib kelishgan.

Geroindan tushgan pul o‘zbeklarning hisob raqamiga kelib tushgan va ular bu pulni olib O‘zbekistondagi yaqinlariga jo‘natishgan.

Hozirda jinoyat ishi ochilib, tergov-surishtiruv ishlari davom etayapti.

XS
SM
MD
LG