Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 17:26

Pokistondagi jala 40 dan ziyod kishi umriga zomin bo‘ldi


So‘nggi kunlarda Pokistonda to‘xtovsiz yog‘ayotgan jala o‘nlab odamlar hayotiga nuqta qo‘ydi. Pokiston rasmiylari so‘nggi besh kun mobaynida tabiiy ofat tufayli kamida 42 kishi nobud bo‘lganini bildirdilar.

Pokiston Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining 14 martdagi bayonotida jala oqibatida 70 kishi tan jarohati olgani, 75 ta uyga shikast etgani aytiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofatdan Pokiston janubiy-g‘arbidagi Belujiston va shimoliy-g‘arbidagi Haybar-Paxtunxva viloyatlari eng ko‘p zarar ko‘rgan.

Rasmiylar kishilarga o‘limiga ko‘proq uylar ag‘anashi sabab bo‘lganini aytmoqdalar. Qishloq joylarida omonatgina qurilgan kulbalar bahorda kuzatiladigan kuchli jalaga ko‘p hollarda dosh berolmaydi.

13 mart kuni jala tufayli Pokiston shimoliy-g‘arbida joylashgan ko‘mir shaxtasi qulashi oqibatida kamida 8 nafar konchi halok bo‘lgan.

Pokiston meteorologiya departamenti xabarida mamlakat shimolidagi kuchli jala 15 martgacha davom etishi aytilgan.

XS
SM
MD
LG