Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 17:47

"Gazprom" bu yil O‘zbekistondan 4 mlrd. metr kub gaz sotib olmoqchi


"Gazprom" va "O‘zbekneftegaz" davlat xolding kompaniyalari bu yil davomida 4 milliard metr kub o‘zbek gazini sotish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

Podrobno.uz saytida berilgan xabarga ko‘ra, 4 milliard metr kub gazni Rossiyaga sotish bo‘yicha shartnoma 2015 yilning dekabrida imzolangan.

Yanvar oyi boshida "Gazprom" rahbari Aleksey Miller o‘z shirkati 2016 yildan O‘zbekistondan sotib olinadigan tabiiy gaz hajmini oshirishni rejalayotganini bildirgan.

"Gazprom" va "O‘zbekneftegaz" o‘rtasidagi bu shartnoma Rossiya shirkatining "Turkmangaz" bilan aloqalari buzilgan bir paytga to‘g‘ri keldi.

2015 yilning o‘rtasida Ashxobod "Gazprom" yil boshidan buyon gazdan qarzini to‘lamayotganini da’vo qilgan. O‘sha yilning iyunida "Gazprom" shirkati "Turkmangaz" berayotgan tabiiy gaz narxini qayta ko‘rishini so‘rab, Stokholьm arbitraj sudiga ariza kiritgan. 2016 yilning 1 yanvaridan esa "Gazprom" Turkmaniston davlat shirkati bilan muddatidan avval shartnomani bekor qilishini bildirgan.

XS
SM
MD
LG