Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 22:11

O‘zbekistonda hayriya hasharida 18 million odam ishtirok etdi


O‘zbekistonda Navro‘z munosabati bilan 12-13 mart kuni o‘tkazilgan umumxalq hayriya hasharida 18 million odam ishitrok etdi. Bu haqda 15 mart kuni O‘zA xabar berdi.

Agentlikning bildirishicha, hasharda ishtirok etganlarning 11,5 millioni yoshlardir. Hashar paytida respublika miqyosida 43 ming gektar yer obodonlashtirilgani, 27 ming kilometrli masofada ariqlar, 9 ming qabriston va ziyoratgoh tozalangani, 22 million tup daraxt hamda 14 million tup gul qo‘chatlari o‘tqazilgani aytilmoqda.

Hashardan tushgan daromadlarning barchasi “Mahalla” fonidiga o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda har yili Navro‘z va Mustaqillik kuni arafasida umumxalq hasharlarini o‘tkazish an’anaga aylangan. Hayriya hasharlarida har yili kamida 10 million o‘zbekistonlik ishtirok etishi aytib kelinadi.

Hashardan tushgan daromadlar esa hayriya tashkilotlariga o‘tkazilishi aytib kelinadi. Lekin shu kungacha birorta rasmiy tashkilot mazkur hasharlardan qancha mablag‘ tushgani va bu mablag‘ qaysi sohalarga yo‘naltirilgani haqida aholiga hisobot bergan emas.

XS
SM
MD
LG