Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:05

Jirinovskiyning partiyasi Gorbachev va Yelsinni "jinoiy faoliyat"da ayblamoqda


Rossiya Liberal-demokratik partiyasi (LDPR) SSSRning birinchi va so‘nggi prezidenti Mixail Gorbachev hamda Rossiyaning birinchi prezidenti Boris Yelsin faoliyatini “jinoiiy va mamlakatni xonavayron qilgan” siyosat sifatida baholash bo‘yicha Davlat dumasiga taklif kiritdi.

15 mart kuni Davlat dumasi quyi palatasi rasmiy saytida e’lon qilingan hujjatda, Gorbachev va Yeltsin “SSSRning tarqab ketishi hamda 1990 yillarda millionlab odamlarning hayotiga zomin bo‘lgan millatlararo to‘qnashuvlar, harbiy konfliktlar, hayot farovonligi darajasining keskin tushib ketishi”ga shaxsan javobgar ekani qayd etilgan.

Agar quyi palatadagi 450 deputatning 226 nafari hujjatni yoqlab ovoz bersa, u kuchga kiradi.

O‘zining millatchilik va shovinistik chiqishlari bilan tanilgan Vladimir Jirinovskiy rahbarligidagi LDPR parlamentda 56 o‘ringa ega.

XS
SM
MD
LG