Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:13

Ukraina o‘zbek avtomobillaridan import to‘lovini olib tashladi


Ukrainaning xalqaro savdo bo‘yicha idoralararo komissiyasi 20 martdan boshlab O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomashinalar importi uchun belgilangan maxsus boj to‘lovini bekor qildi.

Payshanba kuni tarqatilgan xabarda aytilishicha, bu boradagi qaror 14 mart kuni qabul qilingan. Qarorda O‘zbekiston hukumatining18 fevralda ukrain mahsulotlariga kiritilgan qo‘shimcha import solig‘ini bekor qilganiga javoban o‘zbek avtomashanlari importi uchun belgilangan maxsus to‘lov bekor qilinayotgani qayd etilgan.

2015 yilda Ukraina O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomashinalarni mamlakat hududiga olib kirilishi uchun 12,12 foizli maxsus boj to‘lovni joriy etgan edi.

XS
SM
MD
LG