Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:58

Olland: Fransiya Saloh Abdeslam ekstraditsiyasi uchun barcha choralarni ishga soladi


Rasmiy Parij noyabr oyidagi terrorchilik hujumlariga aloqadorlikda shubha qilingan Saloh Abdeslamni Frantsiyaga ekstraditsiya qilish uchun barcha zaruriy choralarni ko‘radi.

Bu haqda Fransiya prezidenti Fransua Olland Belgiya bosh vaziri Sharl Mishel bilan o‘tkazgan qo‘shma matbuot yig‘inida ma’lum qildi.

Payshanba kuni kechqurun Belgiya va Fransiya maxsus xizmatlari qo‘shma amaliyoti paytida terrorchilikda gumon qilingan Abdeslam Bryussel yaqinidagi - Molenbek shaharchasida qo‘lga olingandi.

Parij hujumlarida halok bo‘lganlar yaqinlarining manfaatlarini himoya qilayotgan advokat Samya Maktuf ular nomidan Abdeslamni ekstraditsiya qilish bo‘yicha darhol ariza kiritishini bildirdi.

Hozirda hibsga olish chog‘ida yengil yaralangan Saloh Abdeslam shifoxonada qolmoqda.

Uning tez orada mahkamaga keltirilishi kutilmoqda.

Ko‘pchilik uning tez kunlarda Fransiyaga ekstraditsiya etilishiga shubha qilmaydi.

XS
SM
MD
LG