Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:11

Qozog‘iston parlamentiga saylovda Nazarboev partiyasi g‘olib bo‘lgani aytilmoqda


Qozog‘istonda 20 martdagi parlament saylovlari paytida o‘tkazilgan ekzit poll natijasiga qaraganda, prezident Nursulton Nazarboev partiyasi saylovchilarning 82 foizi ovozini olgan.

Qozog‘iston Markaziy saylov komissiyasi saylovda saylovchilarning kamida 77 foizi ishtirok etganini bildirdi.

Qozog‘istonda 1991 yildan beri o‘tkazilgan birorta saylov xalqaro hamjamiyat tomonidan demokratik va adolatli o‘tgan, deb tan olinmagan. Mazkur saylovda ham xalqaro kuzatuvchilar qator qonunbuzarliklar va ovoz berish natijalari soxtatalashtirilgani kuzatilganini aytmoqdalar.

107 o‘rinli parlament quyi palatasiga bo‘lgan saylovda Nursulton Nazarboev mansub bo‘lgan “Nur Otan” partiyasi real raqobatga uchramadi. “Nur Otan” partiyasi bilan ittifoqdosh bo‘lgan Kommunistlar va “Aq jol” partiyalari saylovichlarning 7 foizdan ko‘proq ovozini olgan.

Saylovda qatnashgan qolgan uch partiya esa parlamentga o‘tish uchun etarli ovoz ololmagani aytilmoqda.

XS
SM
MD
LG