Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:05

Navro‘z bayrami munosabati bilan Toshkentning markaziy ko‘chalari yopib qo‘yildi


Navro‘z bayrami nishonlanishi munosabati bilan 21 mart kuni O‘zbekiston poytaxtida ayrim ko‘cha va metro bekatlari yopib qo‘yildi. Toshkent shahar hokimi qarori bilan rasmiy bayram tantanalari o‘tkaziladigan poytxatning Navoiy bog‘iga tutash 20dan oshiq ko‘chasida 21 mart kuni ertalabki soat 6:00dan 16:00gacha harakatlanish to‘xtatiladi.

Shuningdek, Toshkent metropolitenining “Istiqlol” saroyi yo‘nalishidagi “Milliy bog‘” va “Bunyodkor” bekatlari ham soat 6:00dan 16:00gacha yopiq bo‘ladi.

Harakatlanish to‘xtatiladigan ko‘chalar bayram kuni toshkentliklar sayilga chiqishini kutish mumkin bo‘lgan istirohat bog‘lari va maydonlarga eltuvchi ko‘chalarni o‘z ichiga oladi.

Har yili Navro‘z va Mustaqillik bayram tantanalari o‘tkazilayotgan paytda Toshkentning markaziy ko‘chalari yopib qo‘yilishi bu marosimlarda prezident Islom Karimovning ishtirok etishi bilan shartlangan. Rasmiy tantana marosimiga faqatgina maxsus taklifnomalari bor fuqarolar kiritiladi.

Keyingi yillarda viloyatlarda ham mahalliy hokimlar ishtirok etadigan rasmiy bayram marosimlarida viloyat markazlari yopib qo‘yilishi kutilmoqda.

XS
SM
MD
LG