Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:41

Turkiya teolog olimni pichoqlaganlikda gumonlangan qirg‘izistonlikni ekstraditsiya qildi


Qirg‘iziston rasmiylarining bildirishicha, o‘tgan yilning noyabrida qirg‘izistonlik taniqli teolog olimga hujum qilganlikda gumonlangan shaxs Turkiyadan ekstraditsiya qilingan. Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligining 21 mart kuni bildirishicha, gumonlanuvchi Alibek Tilek-Uulu hozirda Bishkekdagi tergov izolyatorida saqlanmoqda.

O‘tgan yilning 28 noyabr kuni “Islomiy davlat” eksrtemist guruhi tarafdorlari ekani aytilayotgan guruh Bishkekdagi Din, Qonun va Siyosat tahlil markazi rahbari Qodir Malikovni pichoqlab ketgan edi. Malikov hujumda omon qolgan.

Rasmiylar keyinchalik bu jinoyatda gumonlangan ikki shaxs Bishkekda, yana ikki nafari Turkiyaning Suriya bilan chegaradosh Gaziantep shahrida qo‘lga olinganini e’lon qilgan.

Qirg‘iziston rasmiylari Suriya va Iroqdagi “Islomi davlat” guruhi saflarida yuzlab qirg‘izistonlik borligini aytadi.

XS
SM
MD
LG