Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 21:18

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasidagi bahsli Chalasart bo‘lgasida vaziyat nisbatan barqarorlashgani aytilmoqda


O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasining bahsli Chalasart bo‘lgasidagi vaziyat nisbatan barqaror, deya baholanmoqda. Bu haqda 21 mart kuni Qirg‘iziston davlat chegara xizmati tarqatgan xabarnomada O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat chegara xizmatlari vakillarining 20 mart kungi muzokaralari ortidan Chalasart punktida ikkala tomon harbiylar sonini 20 nafardan 8 nafarga qisqartirishga kelishib olishgani aytiladi.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasini qo‘riqlash ishlari davlat chegara xizmati tarafidan amalga oshirilmoqda. Chegaraning mazkur qismida joylashtirilgan Qirg‘iziston chegara qo‘shinlari ixtiyorida xavfsizlikni ta’minlash uchun yetarli kuch va vositalarga ega, deyiladi yana rasmiy xabarnomada.

18 mart kuni O‘zbekiston chegarachilari ertalab Qirg‘iziston bilan bahsli bo‘lib turgan Chalasart punktiga ikkita bronetronsportyor, 2ta KamAZ va qirqqa yaqin qo‘shin kiritgan edi. O‘zbekiston tomoni buni Navro‘z bayrami tufayli chegaralarni qo‘riqlash kuchaytirilgani bilan izohlagan.

XS
SM
MD
LG