Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:31

Putin Qodirovni Chechenistonning amaldagi yetakchisi etib tayinladi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ramzan Qodirovni Shimoliy Kavkaz hududida joylashgan Checheniston davlatining amaldagi boshchisi etib tayinlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi.

Qodirov bilan 25 mart kuni Kremlda uchrashgan Putin chechen lideri sentyabrda bo‘lib o‘tadigan caylovda ishtirok etishiga umid qilishini bildirdi.

“Chechenistonning xalqi, chechen xalqi saylov oldi kampaniyasi jarayonida siz davlat uchun qilgan ishlaringizni munosib baholashiga ishonaman”, dedi Rossiya prezidenti.

Qodirovning hozirgi muddati 5 aprel kuni o‘z nihoyasiga yetadi. “Interfaks” rus matbuot agentligi Qodirovning ismi oshkor qilinmagan “yaqin yordamchi”laridan biri Qodirov saylovda ishtirok etishini “katta ishonch bilan” takidlagani haqida xabar qildi.

39 yoshli Qodirov Chechenistonni 2004 yil otasi, mamlakatning sobiq prezidenti Ahmad Qodirov o‘ldirilganidan beri boshqarib keladi. Putin 2007 yil kichik Qodirovni Checheniston boshchisi etib tayinlagan.

1990 yillarda Qodirov ham, uning otasi ham ruslarga qarshi ayirmachilik jangini olib borgan. Ammo keyinroq ular ruslar tarafiga o‘tgan.

Ko‘pchilik inson xuquqlarining poymol qilinishda, jumladan, odam o‘g‘irlashlar, bedarak yo‘qolishlar, qiynoqlar va siyosiy raqiblarning o‘ldirilishida Qodirovnng qo‘li borligini aytib keladi.

Qodirov bilan aloqasi bor odamlar 2015 yil muholifatchi Boris Nemsov o‘limida ayblanib, javobgarlikka tortildi. Qodirov bu ishda qo‘li borligini rad etca ham, ayblanuvchidarning biri Zaur Dadaevni “chinakam vatanparvar”, deb ta’rifladi.

Qodirov yaqinda Putinga qarshi chiquvchilarning barchasini “millat sotqinlari” deb atab hamda ijtimoiy tarmoqlarda sobiq bosh vazir Mixail Kosyanov va yana bir muxolifatchining snayper mo‘ljalida turgan surati bilan bo‘lishib e’tirozlarga sabab bo‘ldi.

Qodirov tish-tirnog‘igacha qurollangan 30 ming askardan ibirot armiyaga etakchilik qilib keladi.

(Nodir Otaev tarjimasi)

XS
SM
MD
LG