Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:57

Belgiyada terrorchilikda gumonlangan 4 odam qo‘lga olindi


Belgiya politsiyasi 27 mart kuni o‘tkazilgan reydlar davomida Bryusselda 31 kishi o‘limiga sabab bo‘lgan portlashlarga aloqadorlikda gumonlangan 4 kishi qo‘lga olinganini bildirdi.

Belgiya xavfsizlik kuchlari Bryussel, Dyuffele va Mexelen shaharlarida terrorchilikka qarshi 13ta reyd o‘tkazdi. Reydlar davomida terrorchilikda gumonlanib 9 odam qo‘lga olingan, biroq ulardan 5 nafari keyinroq ozod etilgan.

Belgiya prokuraturasi avvalroq 22 mart kuni terrorchilikda ayblanib qo‘lga olinggan 3 kishiga nisbatan ayblov bildirilganini ma’lum qilgan.

22 mart kuni Bryussel aeroporti va metrosida sodir bo‘lgan portlashda 31 kishi halok bo‘lgan, 300 atrofida odam jarohatlangan edi. "Islomiy davlat” guruhi bu hujumlar uchun mas’uliyatni zimmasiga olgan.

XS
SM
MD
LG