Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:55

Rossiyada qamalgan ukrain rejissyori Oliy sudga arz qildi


Rossiyada terrorizm bo‘yicha ayblanib qamalgan ukrain rejissyori Oleg Sensov va qrimlik faol Oleksandr Kolchenkoning advokati hukm bo‘yicha Oliy sudga kassatsiya arizasi jo‘natdi. Bu haqda Interfaks agentligi advokat Dmitriy Dinzega tayanib, xabar qildi.

O‘tgan yil avgustida Rossiya sudi Oleg Sentsovni 20 yilga, Oleksandr Kolchenkoni esa 10 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Ular Qrim Rossiya tomonidan anneksiya qilinganidan so‘ng yarim orolda terror hujumi uyushtirishga uringanlikda aybdor deb topilgan.

39 yoshli Sensov ham Kolchenko ham o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarni rad qilgan.

Xalqaro hamjamiyat ukrainalik bu ikki shaxsning qamalishini keskin tanqid qilib kelmoqda.

AQSh fikricha, mazkur ikki shaxsga nisbatan bildirilgan terrorchilik ayblovlari soxtadir. AQSh Davlat departamenti o‘z bayonotida hukmni "sudning xatosi", deb baholadi.

Amnesty International xalqaro tashkiloti sudning hukmi adolatsiz bo‘lgani hamda Oleg Sensovga nisbatan tergov davomida qiynoqlar qo‘llanilgani to‘g‘risida ishonarli dalillar borligi haqida bayonot tarqatdi.

XS
SM
MD
LG