Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:45

Qrimda ukrain tilidagi yagona gazeta yopildi


Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrim yarim orolidagi "Krimska svіtlisya" nomli ukrain tilida chiqadigan yagona gazeta yopildi. 25 mart kuni gazetaning so‘nggi soni nashrdan chiqqan.

Ma’lum bo‘lishicha, gazeta redaksiyasini Simferopoldan Kievga ko‘chirishga qaror qilingan.

Gazetaning Qrimdagi xodimlari ushbu qarorga qarshi chiqib, uni adolatsiz yechim deya nomlashdi. Ular rasmiy Kievdan Qrimda qolgan ukrainlarning gumanitar muammolariga e’tibor qaratishni talab qilishmoqda.

Gazeta rahbariyati o‘z qarorini Qrimdagi xodimlarining xavfsizligi uchun kafolat bera olmasligi bilan izohlagan.

"Krimska svіtlitsya" redaksiyasi 2014 yili bosib olinib, yo‘q qilingan edi. 2015 yilning mayidan boshlab, gazeta faqat eletron ko‘rinishda nashr qilinmoqda.

Rossiya Qrimni anneksiya qilganidan so‘ng yarim oroldagi Ukraina tarafdori bo‘lgan va Rossiya qonunlari bo‘yicha qayddan o‘tishni istamagan ukrain va qrim-tatar tilidagi nashrlar Qrimdan chiqib ketgan.

XS
SM
MD
LG