Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:37

Pokiston: Lahordagi terror hujumida kamida 72 odam halok bo‘ldi


Portlash Laxordagi Gulshani Iqbol istirohat bog‘ida nasroniylarning Pasxa bayrami nishonlana boshlangan paytda sodir etilgan.
Portlash Laxordagi Gulshani Iqbol istirohat bog‘ida nasroniylarning Pasxa bayrami nishonlana boshlangan paytda sodir etilgan.

Pokistonning Laxor shahrida yakshanba kuni xudkush hujum oqibatida kamida 72 odam halok bo‘ldi, uch yuzga yaqin odam yaralandi. Portlash nasroniylar Pasxa bayramini nishonlayotgan istirohat bog‘ida sodir etilgan. Halok bo‘lganlar va yaralanganlarning asosiy qismi ayollar hamda bolalar ekani aytilmoqda.

Tolibonning Pokistondagi “Jamoatul Axror” deb ataluvchi guruhi Laxor shahridagi portlash uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi. “Jamoatul Axror” guruhi vakili Ahsanulloh Ahsan Tolibon bundan buyon ham Pokistondagi hukumat binolari, maktablar va oliygohlarda bu kabi portlashlarni uyushtirishda davom etishini bildirdi. Unga ko‘ra, yakshanba kungi portlash Panjob viloyati va uning poytaxti Laxorni o‘zining siyosiy tayanchi deb bilgan Pokiston bosh vaziri Navoz Sharifga berilgan ogohlantirishdir.

“Jamoatul Axror” guruhi 7 mart kuni Pokiston shimoli-g‘arbida kamida 17 odam hayotini olib ketgan portlash uchun mas’uliyatni ham o‘z zimmasiga olganini bildirdi.

Покистон: Лаҳордаги террор ҳужумида камида 72 одам ҳалок бўлди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:23 0:00

Portlash Laxordagi Gulshani Iqbol istirohat bog‘ida nasroniylarning Pasxa bayrami nishonlana boshlangan paytda sodir etilgan.

Pokiston rasmiylari Laxordagi terror hujumida halok bo‘lgan 72 va yaralangan 280 odamning asosiy qismi ayollar hamda bolalar ekanini ma’lum qildi. So‘nggi xabarlarga qaraganda, xudkush o‘zini istirohat bog‘ining bolalar o‘ynayotgan qismida portlatgani oqibatida 29 bola o‘lgan.

Halok bo‘lganlarning qanchasi nasroniy dinidagi odamlar ekani hozircha noma’lum. Biroq Laxor politsiyasi rasmiysi Haydar Ashraf xudkush hujumidan halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi musulmon bo‘lganini aytmoqda. "Jamoatul Axror" esa terror hujumi musulmonlarga emas, birinchi navbatda Pasxa bayramini nishonlayotgan nasroniylarga qarshi qaratilganini ma’lum qildi.

Laxor sog‘liqni saqlash mutasaddilari yaralanganlardan ko‘pchiligining ahvoli o‘ta og‘ir ekanini aytib, halok bo‘lganlar soni yanada ko‘payishi mumkinligidan tashvishlanmoqda.

Pokiston bosh vaziri Nafoz Sharif terror hurujini qoraladi hamda halok bo‘lganlarning yaqinlariga ta’ziya bildirdi. Vashington esa Lahordagi hujumni qoralagan holda, terrorchilikka qarshi kurashda Pokiston bilan hamkorlik qilishini bildirdi. Pokiston prezidenti Manmun Xussayin terror hujumini mamlakatning ko‘p konfessiyali jamiyatida nafrat va dushmanlikni ildiz ortirish harakati sifatida baholadi.

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi Navoz Sharif bilan telefon orqali suhbatlashib "Hindiston xalqi ushub og‘ir damlarda Pokiston bilan yelkama yelka turgan hamdard" ekanini aytdi.

BMT Bosh kotibi Ban Ki Mun, Rim papasi va boshqa davlat rahbarlari ham terror harakatini qoralab chiqidilar.

Pokiston hukumati terror hujumini uyushtirganlar albatta qo‘lga olinib, jazolanishi haqida bildirdi.

"Biz begunoh birodarlarimiz, opa-singillarimiz va bolalarimizni o‘ldirgan qotillarni jazoga tortishimiz hamda bu yovvoyi odamsifat mahluqlarga bizning hayotimiz hamda erkinligimizga tajovuz qilishlariga yo‘l bermasligimiz shart", deb yozdi ijtimoiy tarmoqlarda Pokiston Mudofaa vazirligi rasmiysi Asim Bajva.

Pokiston hukumat kuchlari 2014 yilda shimoli-g‘arbiy viloyatlarda Al Qoida kabi terror tashkilotlariga qarshi amaliyotlarni keng qamroqli ravishda o‘tkiza boshlaganidan so‘ng mamlakatda zo‘ravonlik darajasi 2014 yilga nisbatan ancha pasaygani kuzatiladi. Biroq janggarilar vaqti-vaqti bilan Pokiston shaharlarida yirik terror hujumlarini amalga oshirishga muvaffaq bo‘lmoqda.

XS
SM
MD
LG