Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 05:30

Levada-markaz: Rossiyaliklar qashshoqlikdan qo‘rqmoqda


Levada-markaz o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, rossiyaliklar asosan, narxlarning oshishi, qashshoqlik va ishsizlikdan qo‘rqishmoqda. So‘rovda qatnashganlarning 77 foizi xuddi shu qo‘rquvda yashayapti.

So‘rov natijalariga ko‘ra, rossiyaliklarni iqtisodiy bo‘hron, rublning qadrsizlanishi va daromadlarning adolatsiz taqsimlanishi ham tashvishga solayapti.

Rossiyaliklarni qiynayotgan muammolar reytingining o‘ntaligiga yana korrupsiya, teraktlar xavfi, tibbiy xizmat, ekologiya va maosh –pensiyalarning kechiktirishi kabi muammolar kirgan.

Ukraina sharqidagi urushdan esa so‘rovda qatnashganlarning faqat 14 foizigina xavotir bildirgan.

O‘tgan yili o‘tkazilgan so‘rov payti 28 foiz rossiyalik Ukrainadagi vaziyatdan xavotir bildirgan edi.

Inson huquqlari cheklanishi va shaxs ozodligi bilan bog‘liq muammolar faqat uch foiz rossiyalikni o‘ylantirayapti.

XS
SM
MD
LG