Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 11:19

Kreml: Xorijiy matbuot va hukumatlar kelayotgan saylovlarni izdan chiqarishga urinyapti


Kreml nomi tilga olinmagan xorijiy hukumatlar hamda matbuot tashkilotlarini Rossiyaning kelayotgan parlament saylovlarini izdan chiqirishga urinishda aybladi.

Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov 28 mart kuni jurnalistlar oldida chiqish qilib, kinoya bilan mazkur tashkilotlar Vladimir Putin obro‘siga putur yetkazishga urinayotganini aytdi.

Xabarlarga ko‘ra, kotib “Ular mamlakatimizga ta’sir ko‘rsatishga zo‘r berib harakat qilishmoqda. Mamlakatimizdagi kemani chayqatishda davom etmoqdalar”, degan.

Xususan, Peskov Surishtiruv jurnalistlari xalqaro konsorsiumi (International Consortium of Investigative Journalists) Putinning oila a’zolari va do‘stlari izidan tushganini aytib, tashkilotni tanqid qildi.

Surishtiruv jurnalistlari xalqaro konsorsiumi 65 dan oshiq mamlakadga faoliyat yurituvchi jurnalistlarning tarmog‘i bo‘lib, markazi Vashington shahrida joylashgan. Ozodlik radiosining konsorsium bilan aloqaga chiqishga urinishlari hozircha natija bergani yo‘q.

Boshqa Rossiya rasmiylari ham sentyabr oyida bo‘lib o‘tadigan parlament saylovlarini “tashqi kuchlar” izdan chiqarishi mumkinligini iddao qilib kelishmoqda.

O‘tgan oyda Putinning o‘zi xavfsizlik xizmati xodimlarini bunday urinishlardan ogoh bo‘lib turishga chaqirdi.

Neft narxlarining tushishi va Ukraina bo‘hroni bilan bog‘liq xalqaro sanksiyalar Rossiya iqtisodini qiyin ahvolga solib qo‘ygan. Ayrim tahlilchilar bu hol Putinning reytingi tushishiga sabab bo‘layotgani aytishmoqda.

(Nodir Otaev tarjimasi)

XS
SM
MD
LG