Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:58

FBI San-Bernardino hujumchisining Ayfonini ochishga erishgan


AQSh Federal qidiruv byurosi FBI San-Bernardinoda teraktlarni amalga oshirgan shaxslardan birining Ayfonini uni ishlab chiqargan Apple kompaniyasi yordamisiz ocha olganini bildirdi.

FBI qanday qilib bloklangan IPhone smartfonini buzganini ochqilamagan.

FBI Kaliforniyadagi terror hujumlarini amalga oshirganlardan birining Ayfonida tergov uchun muhim ma’lumot bo‘lishi mumkin, deya Apple shirkatidan uni buzishga yordam so‘rab kelayotgan edi.

Apple shirkati esa terrorchining smartfonini ochib berishdan bosh tortib kelayotgandi.

Apple rahbari Tim Kuk Ayfonni buzib kirish shirkatning boshqa barcha mahsulotlari xavfsizligini tahdid ostiga qo‘yishini bildirgan.

Said Faruq va uning rafiqasi Tashfin Malik 3 dekabr kuni Kaliforniyaning San-Bernadino shahrida terror hujumlarini amalga oshirgan va oqibatda 14 odam halok bo‘lgan, er-xotin politsiya tarafidan otib o‘ldirilgan edi.

Ayni paytda FBI Ayfonni buzishga muvaffaq bo‘lishi ortidan Apple shirkati mazkur smartfonni yanada himoyali qilishini va’da qilmoqda.

XS
SM
MD
LG