Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:27

O‘zbekistonlik taniqli jurnalist Rizo Obid Hollandiyada vafot etdi


O‘zbekistonlik taniqli jurnalist, Zamondosh sayti asoschisi Rizoxo‘ja Obidov og‘ir xastalikdan so‘ng Hollandiyaning Til shahridagi kasalxonada 30 martga o‘tar kechasi 58 yoshida olamdan o‘tdi. Bu haqda Ozodlikka Zamondosh sayti muharriri Anvar Karimov ma’lum qildi.

Rizo Obid taxallusi bilan ijod qilgan Rizoxo‘ja Obidov 1958 yil 1 yanvarida Namanganda tug‘ilgandi. Qator mahalliy va xalqaro nashrlar bilan hamkorlik qilib kelgan Rizo Obid 2005 yildagi Andijon voqealaridan so‘ng tazyiqlar tufayli O‘zbekistonni tark etgan va Hollandiyadan boshpana olib yashayotgandi.

Ozodlik radiosi mahrumning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur ta’ziya izhor etadi.

XS
SM
MD
LG