Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 19:40

Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Imre Kertes olamdan o‘tdi


Adabiyot bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori¸ vengriyalik yozuvchi Imre Kertes 86 yoshda Budapeshtda olamdan o‘tdi.

Budapeshtlik yahudiylar oilasida tug‘ilgan Kertes 2-jahon urushi davrida aksar konslagerlar¸ xususan¸ Osvensim lagerida tutqunlikda bo‘lgan.

O‘z ijodida asosan Holokost mavzusini yoritgan Kertes¸ natsistlar o‘lim lagerlarini inson tushishi mumkin bo‘lgan eng chuqur tubanlik ramzi sifatida tasvirlagan.

2002 yilda Nobel mukofoti bilan taqdirlangan Kertes asarlarining 20-asr Yevropa tarixini anglashga qaratilgan munozaralarga katta hissa qo‘shgani aytiladi.

XS
SM
MD
LG