Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘ hududida urushayotgan tomonlarni vazminli bo‘lishga va o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan.
Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov bayon qildi.
- Prezident Putin tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatish va vazminlik ko‘rsatishga chaqirdi, - dedi Peskov.
2 aperlga o‘tar kechasi Ozarbayjon ichkarisidagi aholisining aksari armanilardan iborat Tog‘li Qorabog‘da Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida yana qurolli to‘qnashuvlar ro‘y berdi.
Otishmalarda tomonlar bir-birlarini ayblamoqda.