Линклар

Шошилинч хабар
18 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:52

O‘zbekiston boy davlatlar reytingida 127-o‘rinda turadi


AQShning Global Finance Magazine nashri “Dunyoning boy davlatlari” reytingida 185 davlat ichidan O‘zbekistonni 127 - o‘rinda qayd etdi.

Reyting Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi ma’lumotlari asosida tuzilgan bo‘lib, unda aholining xarid quvvati, farovonlik darajasi va mamlakatdagi inflyatsiya ko‘rsatkichi hisobga olingan.

Yalpi ichki mahsulot aholi jon boshiga 5 963 dollardan to‘g‘ri keladigan O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida 50-o‘rninni egallagan Qozog‘iston, 77-o‘rinda qayd etilgan Turkmanistondan keyin uchinchi o‘ringa qo‘yilgan. Reytingda 142-o‘rindagi Qirg‘iziston farovonlik bo‘yicha mintaqada to‘rtinchi, 153-pog‘onaga qo‘yilgan Tojikiston beshinchi o‘rinda turadi.

Dunyoning eng boy davlati sifatida 1-o‘ringa Qatar qo‘yilgan. Qatarda yalpi ichki mahsulot aholi jon boshiga 146 ming dollardan to‘g‘ri keladi.

XS
SM
MD
LG