Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:57

Buxoroda MDHdagi eng ulkan quyosh elektr stansiyasi qurildi


MDH bo‘yicha eng ulkan ekani aytilayotgan 1,2 mVt kuchlanishga ega quyosh elektr stansiyasi Buxoroda qurib bitkazildi.

Podrobno.uz nashri ma’lumotiga ko‘ra, Enesol shirkati tomonidan qurilgan stansiya kunduzi 5000 kVtgacha, tungi paytda 1000 kVt energiya ishlab chiqarish imkoniga ega. Bu quvvatdagi energiya bilan 1,5 ming aholisi bo‘lgan kichik shaharchani doimiy ta’minlash mumkin.

Enesol ma’lumotiga ko‘ra, yangi stantsiya Rossiyaning “Lukoyl” shirkatining Qandim konidagi loyihasi doirasida ERIELL kompaniyasi bilan hamkorlikda ishga tushirilgan.

Yangi stansiya markaziy elektr ta’minoti tarmoqlaridan uzoqda joylashgan ishlab chiqarish ob’ektlari va qurilish loyihalarini elektr bilan ta’minlashi aytilmoqda.

O‘zbekistonda keyingi yillarda elektr energiyasi sohasida bo‘hron kuzatilmoqda. Chekka qishloqlar kuniga faqat ma’lum soatgina elektr bilan ta’minlanayapti.

Hukumat vaziyatdan chiqish harakatida Buxorodagi kabi loyihalarni yo‘lga qo‘yapti. Yaqinda Samarqandda ham 100 MVt quvvatga teng yangi quyosh stansiyasi qurish rejalashtirilgan.

XS
SM
MD
LG