Линклар

Шошилинч хабар
24 октябр 2018, Тошкент вақти: 01:39

Iroq kuchlari ID bilan Hit shahri ustidan nazorat uchun jang qilmoqda


Iroqdagi hukumat kuchlari aviatsiya dastagida “Islomiy davlat” guruhi nazorati ostida bo‘lgan Hit shahriga kirdi. Bu haqda ma’lumot tarqatgan Iroq harbiy qo‘mondonligi hukumat kuchlari jangarilarni shahar markazidan siqib chiqarganini bildirgan.

Xitdagi jangovar harakatlar bu shaharda yashaydigan minglab odamning o‘z uyini tashlab qochishiga sabab bo‘lgan. Yuzlab odam shaharni poi-piyoda tark etgani aytilmoqda.

Harbiylar aholini belgilab qo‘yilgan yo‘ldan chetga chiqmaslik, chunki boshqa yo‘llar jangarilar tomonidan minalashtirilgan bo‘lishi mumkinligidan ogohlantirmoqdalar.

Anbar viloyatidagi Xit shahri Iroqdagi ID jangarilarini Suriyadagi jangarilar bilan bog‘lovchi tranzit yo‘lida joylashgan.

XS
SM
MD
LG