Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 10:22

Jizzaxlik o‘quvchilar Rossiyada mardikor imtihoniga tayyorlanmoqda


Jizzax shahrida rus tili va Rossiya tarixidan imtihonga tayyorlash bo‘yicha repetitorlarga ehtiyoj ko‘paygani va ota-onalar o‘z farzandlarini rus sinflariga berayotgani aytilmoqda.

Jizzaxda rus tili va adabiëti o‘qituvchisi bo‘lib ishlaydigan Zulfiya Ahmedshinaning Ozodlikka aytishicha bu ehtiyoj Rossiyada mehnat muhojirlarini imtihon qilish to‘g‘risidagi qonun joriy qilinganidan keyin paydo bo‘lgan.

- Ota-onalar menga kelib bolamni Rossiyaga ishlashga jo‘nataman. O‘sha yerda patent olish uchun bo‘ladigan imtixondan o‘tadigan qilib ber deyishadi. Men Rossiyadagi test talabi asosida rus tili, Rossiya tarixi¸ madaniyati va qonunchiligi haqidagi javoblarni o‘quvchilarga o‘rgataman. Oldin oliy o‘quv yurtiga kiritish uchun o‘quvchi tayyorlaganb bo‘lsam xozir Rossiyada gastarbayter bo‘lish uchun o‘quvchilarga ta’lim berayapman¸ - deydi suhbatdosh.

Zulfiya opaninng aytishicha¸ “rus tili, Rossiya tarixi¸ madaniyati va qonunchiligi” ga qiziqish keyingi yarim yil ichida jizzaxlik potentsial mardikorlar orasida ancha kuchaygan:

- Bilsangiz o‘tgan yili Rossiyada mehnat muhojirlarini imtihon qilish to‘g‘risidagi qonun joriy qilingan edi. Jizzaxdagi o‘quvchilarning ko‘pini yo otasi yoki onasi Rossiyada ishlaydi. Ular bu testdan o‘tishga qiynalishdi. Farzandlari qiynalmasligi uchun tayërgarlik ko‘rishyapti. Bolam baribir Rossiyaga borib ishlaydiku¸ deb oldindan tayyorgarlik ko‘rishmoqda. Iloji bo‘lsa maktabni rus klasslariga berishyapti¸ bo‘lmasa repititor tutishmoqda¸ deydi jizzaxlik rus tili o‘qituvchisi.

Eslatib qo‘yamiz¸ Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan imzolagan qonunga muvofiq, Rossiyada ishlash, patent olish, vaqtinchalik yashash ruxsatini beruvchi sertifikatga ega bo‘lish uchun migrant rus tili, tarixi va qonunchiligi asoslari bo‘yicha og‘zaki va yozma shaklda imtihondan o‘tishi lozim.

Rus tilidagi sinflarga talab kuchaydi

Jizzax shaxar xalq ta’limi bo‘limidagi Ozodlik manbasining aytishicha¸ shahardagi maktablarda rus tilida o‘qiydigan sinflar soni keyingi ikki yil ichida ancha ko‘paygan.

- Jizzaxdagi ruscha chuqur o‘rgatiladigan maktabdagi 1 sinfda 9 ta gurux tashkil qilingan. A, B, V, G, D, J, guruxlar. Rus tilidagi maktabga qiziqish kuchli. Shunaqa bo‘linish bor¸ desa bo‘ladi. Bu maktab yomon, bunisi yaxshi degan qandaydir fikrlar bor ota-onalarda. A, B, V sinflariga bo‘linadiku¸ o‘shanda boylarning bolalarini alohida qilib, kambag‘allarning bolalarini alohida qilib bo‘lish bu bor narsa. Rus tili maktabiga berish uchun ota-onalar tirishadi¸ - deydi manba.

Ozodlik muxbiri Jizzax shahridagi sobiq Ostrovskiy nomli maktabga qo‘ng‘iroq qilib o‘zbek sinfda o‘qiydigan o‘quvchilarni rus tili sinfiga o‘tkazish tartibi bilan qiziqdi.

- Uchta rus tilidagi birinchi sinfimiz bor¸ ularning har biriga 40 tadan bola o‘qiyapti ¸ siz kech qoldingiz. Kelasi o‘quv yilida kelib bir direktorimizga uchrab ko‘ring¸ dedi telefonda o‘zini direktor o‘rinbosari deb tanishtirgan ayol

- Jizzaxdagi rus tilidagi ixtisoslashgan maktablarga bolasini qo‘yish uchun ota-onalar o‘rtasida keskin poyga ketmoqda¸ bunday holat Rossiyaga ketayotgan mardikorlarning yangi avlodi etishib kelayotgani bilan bog‘liq¸ - deydi, ushbu vaziyatni o‘rgangan jurnalist Ulug‘bek Haydarov.

Suhbatdoshga ko‘ra¸ bu vaziyat “O‘zbekistondagi milliy maktablarda o‘qish saviyasining tushib ketganiyu¸ milliy maktablarning o‘z bitiruvchilari uchun ular istagan istiqbolni bera olmasligini e’tirof etish ifodasidir.”

XS
SM
MD
LG