Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:48

"O‘zbekistonga qarashli pansionatlarning Qirg‘iziston balansiga olinishi siyosiy qarordir"


Issiqko‘ldagi O‘zbekistonga qarashli pansionatlarning Qirg‘iziston balansiga olinishi siyosiy qarordir.

Bu haqda Qirg‘iziston iqtisodiyot vaziri Arzibek Kojoshev bayonot bergani to‘g‘risida tazabek agentligi xabar qildi.

Agentlikka ko‘ra, Iqtisodiyot vaziri Qirg‘izistonda kichik GESlar qurilishi istiqbollari to‘g‘risida gapirar ekan, O‘zbekistonga qarashli pansionatlarning Qirg‘iziston balansiga olinishi siyosiyo qaror ekanligi, bu qaror kichik GESlar qurilishi istiqbollariga ta’sir qilmasligi to‘g‘risida gapirgan.

O‘zbekistonga qarashli pansionatlarning kichik GESlar qurilishiga qanday aloqasi borligi to‘g‘risida xabarda aytilmagan.

4 aprel kuni Qirg‘iziston bosh vaziri Temir Sariev Sovet Ittifoqi paytida O‘zbekistondagi davlat tashkilotlari va korxonalar hisobidan Issiqko‘lda bunyod etilgan “Rohat”, Dilorom”, “Oltin qum” va “Bo‘ston” pansionatlarini Qirg‘izistonga qaytarib olish to‘g‘risidagi qarorni imzolagan.

XS
SM
MD
LG