Линклар

Шошилинч хабар
16 апрел 2024, Тошкент вақти: 09:23

JB: Rossiyada uch milliondan ko‘proq odam qashshoqlikda yashamoqda


Jahon banki bahosiga ko‘ra, neft narxining pastlashi va xalqaro sanksiyalar ortidan Rossiyada yuzaga kelgan iqtisodiy bo‘hron tufayli 3 million yuz ming kishi qashshoqlik darajasiga tushib qolgan.

O‘tgan yili mamlakatda yalpi ichki mahsulot hajmi 3,7 foizga pasaygan va bu yil yana 1,1 foizga tushishi kutilmoqda.

Jahon banki taxminicha, aholining qashshoqlashuvi Rossiyani 2007 yildagi ko‘rsatkichlarga qaytaradi va “qariyb 10 yillik iqtisodiy o‘sishni yo‘qqa chiqaradi”.

Iqtisodiy vaziyatning murakkablashuvi rasmiylarni byudjet hajmini qisqartirishga majbur qilmoqda. Mart oyida axborot agentliklari mudofaa uchun xarajatlar 5 foizga qisqarishi, bu Putin hokimiyat tepasiga kelgan 2000 yildan buyon eng katta qisqarish bo‘ilishi haqida xabar qilgandilar.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu qiyinchiliklar Rossiya prezidentining obro‘-e’tiboriga sezilarli darajada putur etkazmagan, biroq Kremlь sentyabrь oyida o‘tajak parlament saylovi chog‘ida tartibsizliklar bo‘lishidan cho‘chiyotgani haqida ma’lumotlar bor.

Ayni paytda Jahon banki 2017 yilda Rossiya iqtisodi 1,1 foizga o‘sishi mumkinligini ham bashorat qilgan.

XS
SM
MD
LG