Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 20:01

Tog‘li Qorabog‘da muzokaralardan so‘ng shartli tinchlik hukm surmoqda


Otashkesim tartibi buzilganiga oid bayonotlarga qaramay, taranglikni yumshatish bo‘yicha Ozarbayjon va Armaniston rahbarlari bilan alohida-alohida o‘tkazilgan yuqori darajada uchrashuvlar tufayli Tog‘li Qorabog‘da tinchlik saqlab qolinmoqda.

Tog‘li Qorabog‘dagi vaziyat 2 aprelga o‘tar kechasi taranglashib ketgan. Diplomatik aralashuv vositasida 5 aprel kuni jangovar harakatlar to‘xtatilguniga qadar bu yerda 60 dan ziyod odam o‘lgani aytilmoqda.

O‘zini Bokudan mustaqil deb e’lon qilgan Tog‘li Qorabog‘ bo‘lgasi uchun Ozarbayjon va Armaniston 1988 yildan 1994 yilgacha urush olib borgan va bu urush 30 mingdan ziyod kishi hayotiga zomin bo‘lgan.

Xalqaro miqyosda “muzlatib” qo‘yilgan bu ziddiyatga 20 yildan buyon yakuniy echim topilmayapti va vaqti-vaqti bilan Tog‘li Qorabog‘da o‘t chiqib turibdi.

5 apreldagi sulhdan so‘ng Rossiya va AQSh jang qilayotgan tomonlar muzokara stoliga qaytishiga umid bildirdi. 6 aprel kuni Berlinda Germaniya kansleri Angela Merkel bilan uchrashuvdan so‘ng chiqish qilgan Armaniston prezidenti Serj Sarkisyan xalqaro hamjamiyatni Tog‘li Qorabog‘dagi ayirmachilarga “o‘z taqdiri va kelajagini o‘zi belgilash” huquqi tan olishga chaqirdi.

XS
SM
MD
LG