Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 20:50

Tojikiston foydasiga josuslikda gumonlangan o‘zbekistonlik fuqaro 16 yilga qamaldi


O‘zbekiston harbiy sudi Tojikiston foydasiga josuslik qilgani uchun o‘zbekistonlik fuqaroni 16 yilga ozodlikdan mahrum qilish haqida hukm chiqardi. U o‘tgan asrning 90-yillaridan beri Tojikiston maxsus xizmatlariga davlat siri bo‘lgan ma’lumotlarni yetkazib berganlikda ayblangan.

Reuters agentligining xabar qilishicha, 4 aprel oqshomida O‘zbekiston davlat telekanali “Xoin” deb nomlangan hujjatli filmni namoyish qilgan. Unda O‘zbekiston fuqarosi Sharifjon Asrorov 90-yillar oxirlaridan beri Tojikiston maxsus xizmatlariga davlat siri hisoblangan ma’lumotlarni berib turgani aytiladi.

Filmda Asrorov ustidan sud qachon va qaerda bo‘lib o‘tgani aytilmaydi.

Film mualliflari josuslikda ayblangan Sharifjon Asrorov Tojikiston maxsus xizmatlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yib, ularga Surxondaryo, Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida joylashgan qamoqxonalar, qochqinlar, harbiy qismlar va harbiy unvonlar haqidagi ma’lumotlarni etkazib turganini aytadilar. Asrorov kadrda sodir etgan jinoyatlarini e’tirof etadi.

Kadr ortidagi ovoz iddaosicha, Sharifjon Asrorov Tojikiston fuqarosi bo‘lgan ayolga uylangan.

Ozodlikning tojik xizmati Tojikiston rasmiylari hali bu filmga o‘z munosabatini bildirmagani qayd etadi.

Tutash chegaralarga ega bo‘lgan O‘zbekiston va Tojikiston so‘nggi yillarda o‘nlab fuqarosini qo‘shni davlat foydasiga josuslik qilganlik ayblovi bilan qamoqqa tiqdi.

Suv, tranzit va boshqa sabablar tufayli vaqti-vaqti jiqqamusht bo‘lib turadigan Toshkent va Dushanbe o‘rtasidagi munosabatlar o‘tgan yili biroz iligandek bo‘ldi. Dekabr oyida Tojikiston poytaxtida ikki mamlakat Tashqi ishlar vazirliklarining konsultatsiyalari bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tomonlar MDH va ShHTni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar hamda bu kabi siyosiy konsultatsiyalarni o‘tkazish orqali ko‘plab ikki tomonlama muammolarni hal qilish yo‘lini topish mumkin, degan xulosaga keldilar.

O‘zbekiston bilan Tojikiston o‘rtasidagi aloqalar o‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalaridan soviy boshlagan. “O‘zbekiston islomiy harakati” jangarilari xurujidan so‘ng O‘zbekiston bir tomonlama Tojikiston bilan chegarani minalashtirgan. O‘sha paytda ikki mamlakat o‘rtasida viza tartibi joriy qilingan.

Ikki mamlakat o‘rtasidagi tortishuv 2010 yili Dushanbe o‘z kuchi bilan Rog‘un GESini qurishga qaror qilganidan keyin avj olgan.

XS
SM
MD
LG