Линклар

Moskva Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida o‘rtamchilik qilishga tayyorligini bildirdi


Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasida Tog‘li Qorabog‘ muxtoriyati yuzasidan yuzaga kelgan ziddiyat “o‘ta qizg‘in” fazaga o‘tib ketmasligi muhim ekanini ta’kidladi.

7 aprel kuni Armanistonga safar qilgan Medvedev Rossiya mazkur ziddiyatni bartaraf etish uchun o‘rtamchilik qilishga tayyor ekanini aytdi va tomonlar o‘q otishni to‘xtatish kelishimiga amal qilishiga umid bildirdi.

Tog‘li Qorabog‘da 2 aprelda boshlanib bir necha kun davom etgan qurolli to‘qnashuv paytida Ozarbayjon, Armaniston harbiylari hamda Armaniston tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan separatchilar halok bo‘lgan edi. Mazkur jang Tog‘li Qorabog‘ yuzasidan 1991 -1994 yillarda bo‘lib o‘tgan Ozarbayjon - Armaniston urushi yakunlanganidan beri eng katta to‘qnashuv bo‘ldi.

XS
SM
MD
LG