Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 18:18

YeI AQSh va Kanada fuqarolariga viza joriy etish masalasini o‘rganmoqda


Yevropa Ittifoqi Kanada va AQSh fuqarolari uchun viza rejimini joriy etish masalasini o‘rganmoqda. “Mazkur qadam Shimoliy Amerika va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi munosabatlarni keskinlashtirishi mumkin”, deb xabar berdi Royter agentligi.

AQSh va Kanada Yevropa Ittifoqi a’zosi bo‘lgan Ruminiya hamda Bolgariya fuqarolaridan viza talab qilmoqda. Vashington, shuningdek, Yevropa Ittifoqining bir qismi bo‘lgan Xorvatiya, Kipr va Polsha fuqarolariga ham vizasiz AQShga kirishni taqiqlamoqda.

AQShning mazkur qadami Yevropa Ittifoqidagi eng daromadli bo‘lgan sayyohlik biznesiga katta putr yetkazishi mumkin. AQSh esa o‘z hududiga kelayotgan nolegal migrantlar oqimini hisobga olgan holda, Yevropa Ittifoqiningg bir qator davlatlariga nisbatan viza rejimini bekor qilmoqchi emasligini bildirmoqda.

XS
SM
MD
LG