Moskva metrosi poezdida noma’lum erkak yonida turgan boshqa bir erkakka baxs ustida o‘q uzgan.
Oqibatda o‘q yegan erkak yaralandi va shifoxonga yotqizildi.
Voqea 8 aprel kuni metroning Kaluga-Riga yo‘nalishida "Kalujskaya" va "Profsoyuznaya" bekatlari orasida ro‘y berdi.
Voqea joyidan g‘oyib bo‘lgan gumonlanuvchi keyinroq qo‘lga olindi. U Moskvada yashovchi 60 yoshli erkak bo‘lib chiqdi.
Mazkur xolat bo‘yicha "qasddan odam o‘ldirishga urinish" moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘otildi.