Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 15:56

Bryussel hujumchilari dastlab Parijga hujum qilishni rejalashtirgan


Belgiya prokurorlariga ko‘ra, Bryusseldagi terrorchilik uyasi dastlab Fransiyada hujum sodir etishni rejalashtirgan, biroq Fransiyada qidiruv ishlari tez sur’atda o‘tkazilganidan “taajjubga tushib”, Belgiya poytaxtini nishonga olgan.

"Qidiruv ishlarining tez sur’atlarda olib borilganidan taajjubga tushib, ular Bryusselda hujum sodir etishga qaror qilganlar," dedi Belgiya Federal Prokuraturasi 10 aprel kuni.

Tergovchilar Bryussel hujumi ortida turgan guruh va noyabrda Parijda hujum sodir etgan guruh o‘rtasida aloqa bo‘lganini aniqlaganlar.

9 aprel kuni, Belgiya rasmiylari to‘rt shaxsni “terror faoliyatida va qotilliklarni” sodir etishda ayblashdi.

Ayblanuvchilardan biri Parij hujumlariga aloqadorlikda gumonlangan Muhammad Abriniydir.

U o‘tgan oy Bryussel aeroportida yuz bergan portlashlardan bir oz avval aeroportdagi video nazorat kameralariga tushgan.

Abriniy o‘tgan yilgi Parij hujumlariga aloqador deb bilingan qochuvdagi so‘nggi shaxsdir.

O‘tgan yil 13 noyabrda sodir etilgan hujumlarda 130 nafar inson halok bo‘lgandi.

XS
SM
MD
LG